Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga o‘yinlari har kuni o‘tkaziladi

La Liga o‘yinlari har kuni o‘tkaziladi

Автор: admin

Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi (RFEF) va La Liga rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazish rejasini kelishib olishdi.
AS xabariga ko‘ra, mavsum iyun oyidan davom ettiriladi, o‘yinlar esa haftaning har kuni o‘tkaziladi. Bunda bir klubning o‘yinlari orasidagi vaqt kamida 72 soatni tashkil qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 10 martdan beri o‘tkazilmayapti. Klublar 27ta tur o‘yinlarida ishtirok etishgan. Jadvalda 58 ochko to‘plagan «Barselona» peshqadamlik qilyapti. Undan 2 ochko ortda borayotgan «Real» ikkinchi bo‘lib turibdi.


399   
Добавить комментарий
Ваше имя: *