Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL tarixidagi eng kuchlik hujum uchligi (top 5)

APL tarixidagi eng kuchlik hujum uchligi (top 5)

Автор: admin

Yaqindagina “Sky Sports” eksperti Garri Nevill APL tarixidagi eng kuchli hujum uchligi haqida so‘z ochdi. Uning fikricha, Teves, Runi va Ronaldudan iboratuchlik premyer-liga tarixidagi eng zo‘ri emish. Sobiq futbolchining so‘zlaridan ta’sirlangan xolda, Stadion.uzAPL tarixidagi eng kuchli triolarni yodga oladi.
5. Aryen Robben, Demyen Daff, Didye Drogba («Chelsi»)
Bu yigitlar atigi ikki mavsum birga to‘p surishgan bo‘lsada, bu muddat Angliyada mutlaq hokimlik o‘rnatish uchun kifoya qildi. Jamoa tepasiga Joze Mourinyo kelgach, klubning oldingi chizig‘ida (2004-2006-yillarda) aynan shu uchlik “javlon urishni” boshladi. Vaholanki, o‘sha davrlarda “Arsenal” va “Manchester Yunayted” yengib bo‘lmas kuchga aylangan bo‘lib,ularning gegemonligiga barham berishning iloji yo‘qdek tuyulayotgan edi. Daff va Robben “aristokratlar”ning qanotdagi shiddatini belgilab bergan bo‘lsa, Drogba markazda deyarli ikki hujumchining ishini bir o‘zi bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uchlik birgalikda 27ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, o‘sha o‘yinlarning 25 tasida “Chelsi” g‘alaba qozongani (qolgan 2 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan) so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Afsuski, bu yigitlaruzoq muddat Londonda qolgani yo‘q. Robben va Daff tinimsiz jarohatlar sababli katta sahnadan erta tushib ketishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, bu futbolchilar umumiy hisobda 21 ta gol va 30 ta assistni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qisqa muddat uchun ajoyib ko‘rsatkich.
4. Rahim Sterling, Leroy Sane, Serxio Aguero («Manchester Siti»)
Bu trio “shaharliklar” tepasiga Gvadiola kelgach paydo bo‘ldi. Pepning “Man. Siti”si asosiy urg‘uni jamoaviy o‘yinga qaratgani bois, ulardan birini alohida ko‘rsatish juda mushkul. Rahim Sterling, Leroy Sane, Serxio Aguerodan tashqari, Mahrez, Silva, Jezus uchligini ham alohida qayd etishimiz mumkin edi, biroq Sterling va Aguero Gvardiolaga qadar jamoada bo‘lgani uchun aynan shu trioni tanlab oldik. Aynan shu futbolchilarning mehnati evaziga Kloppning “Liverpuli” shakllanguniga qadar “Siti” Angliyada mutlaq hokimlik o‘rnatdi. “Manchester Siti” ushbu uchlikning hizmatlaridan foydalangan 57 ta uchrashuvning 39 tasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, 11 bor durang qayd etgan. Gollar borasidagi statistika ko‘zni qamashtirib yuborishi turgan gap. 53 ta gol va 37 ta assist. Bu ko‘rsatkich yaqin yillar ichida yana yaxshilanishi mumkinligini inobatga olsak, “Siti” o‘z triosi bilan faxrlansa arziydi.
3. Rober Pires, Dennis Bergkamp, Tyerri Anri («Arsenal»)
Endi “engilmas “Arsenal” davriga kichik sayohat uyushtirishimizga to‘g‘ri keladi. Tan olish lozim, o‘sha davrlarda London klubi 4-4-2 sxemasidan foydalangani qaramay, bu yigitlar yaqqol ko‘zga tashlanishini uddasidan chiqa oldi. Klub ushbu uchlik maydonda bo‘lganida naqd 128ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, ularning 78tasida g‘olib chiqishni uddalay olgan. Shuningdek, 33ta durang ham APLdek kuchli birinchilik uchun chakki ko‘rsatkich emas. Anri boshchiligida amalga oshirilgan “ilojsiz ish” esa ularning nomini tarixga abadiy yozib ketdi. Ular ko‘rsatgan sermahsullik oldida Gvardiolaning shogirdlari shunchaki “choy ichib” qolishadi. E’tibor qarating! 162(!) ta gol va 95(!) ta assist! Bu shunchaki fantastika. Bejizga Arsen Venger shogirdlari o‘sha yillari ikki bor APL chempionligini qo‘lga kiritmaganini endi chuqur his etgan bo‘lsangiz, ajab emas.
MuhammadSaloh, Sadio Mane, Roberto Firmino («Liverpul»)
Zamonamizning eng kuchli triosi ro‘yxatimizning ikkinchi pog‘onasidan joy olmoqda. Ular deyarli hammagabarcha narsani isbotlab bo‘lishdi. Mutlaq tarixda qolish uchun APL mavsumni yakunlab qo‘ysa bo‘lgani. Yurgen Klopp o‘ylab chiqqan mexanizmning muhim murvatlariga aylangan yigitlar bir qarashda mega yulduz emas, biroq ular birlashtirilsa,manaman degan megayulduzlar ham chetga chiqib qoladi. Tezkorlik, kuchli tehnika va so‘nggi zarba uyg‘unligi. Bu uchlik zamonaviy futboldagi eng kuchli va eng samaradori desak, adashmagan bo‘lamiz. Statistika ham so‘zlarimizni isbotlab turibdi. “Liverpul” bu shovvozlar birga to‘p surgan 81 ta uchrashuning 61 tasida raqibidan ustun kelgan. Yana 11 ta o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan. Bor-yo‘g‘i 6 o‘yindagina mersisaydliklar mag‘lub bo‘lishgan. Umumiy hisobda 121ta gol va 34 ta assistni amalga oshirgan uchlikning klub g‘alabalaridagi ulushi katta.
1. Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Karlos Teves («Manchester Yunayted»)
Chinakamiga yulduzlaruchligi. Ronaldu o‘zining eng gullagan davrlarini boshidan o‘tkazmoqda, Runi allaqachon mega yulduzga aylanib bo‘lgan ijrochi. Teves esa yosh futbolchilardagi kamchiliklarni yopib ketuvchi uchinchi kuch! 2007/08-yilgi mavsumda Angliyani qo‘rquvda ushlab turgan yigitlar umumiy hisobda 66 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirishgan. Eng muhimi, ular ser Aleksning yangi (afsuski so‘nggisi ham) o‘yin modellini to‘liq ishga tushirishda katta rol o‘ynab berishgan. Fergi bobo Arsen Vengerdan farqli o‘laroq, zamonaviy futbolga zamonaviy uslublar bilan moslashishga harakat qiladi va izlanishlar besamar ketmaydi. Ayniqsa,ushbu uchlik murabbiyni 21 asrda ham tarixda qolish va chinakam afsonaga aylanishini ta’minlab beradi.
 
170   
Добавить комментарий
Ваше имя: *