Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Kapello Holand uchun eng mos klubni aytdi

Kapello Holand uchun eng mos klubni aytdi

Автор: admin

«Milan», «Yuventus» va «Real» klublari sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello «Borussiya» hujumchisi Erling Holand yanada o‘sishni istasa, qaysi klubga o‘tishi kerakligini aytdi.
«Holandning o‘yin uslubi uchun eng munosib jamoa «Liverpul» klubidir. U o‘zining gavda tuzilishi, tezligi va hujumkorligi bilan Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surishga mos futbolchi. Erling Klopp boshqaruvida yanada yaxshi natijalarga erisha oladi. U Angliya Premer-ligasida to‘p surish uchun barcha jihatlarga ega», - deydi italiyalik mashhur mutaxassis norvegiyalik 19 yoshli forvard haqida.
 
Ma’lumot uchun, Holand ushbu mavsumda Bundesligada 9 o‘yinda maydonga tushib, 10ta golga mualliflik qildi.


93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *