Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Nani Ronalduning uyiga borgan futbolchini nimalar kutishi haqida gapirdi

Nani Ronalduning uyiga borgan futbolchini nimalar kutishi haqida gapirdi

Автор: admin

«Orlando Siti» yarimhimoyachisi Nani «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu va Nani «Manchester Yunayted»da va Portugaliya milliy jamoasida birga to‘p tepishgan.
«Krishtianu juda ham raqobatbardosh. Uning uyida 1 kun tursangiz, Ronaldu sizni bellashuvga chaqiradi. U yerda basseyn, tennis korti va stol tennisi bor. U uyiga kelgan mehmonlar bilan ham bellashadi. Ajoyib xotiralar.
Birinchi bor Portugaliya milliy jamoasida o‘ynaganimda yoshligimdan meni hayratga solgan fantastik futbolchilar – Deku, Manishe, Koshtinya menga yordam qo‘lini cho‘zishdi. Keyin Krishtianu paydo bo‘ldi. 
U yosh bo‘lishiga qaramay ajralib turardi. Biz uning o‘yinlarini kuzatardik. Ronaldu bilan juda tez do‘stlashdik, chunki odamlar bizning o‘yin uslubimizni bir xil deb aytishardi. Milliy jamoadagi ilk kunlarimdan u bilan birga edik va «MYU»ga o‘tganimdan so‘ng yanada yaqinlashdik», – deb Nanining so‘zlarini keltiradi «Manchester Yunayted» rasmiy sayti.


113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *