Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Angliya Premyer Ligasi klublariga 19-maydan guruh bo‘lib mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat berildi

Angliya Premyer Ligasi klublariga 19-maydan guruh bo‘lib mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat berildi

Автор: admin

Premyer Liga matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoalar 19-may kunidan boshlab o‘z bazalarida mashg‘ulotlarni boshlashiga ruxsat berildi.
Klub xo‘jayinlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonidan so‘ng ushbu qarorga kelingan. Shu bilan birga mashg‘ulotlar ayrim cheklovlar bilan o‘tadi: futbolchilar katta bo‘lmagan guruh bo‘lib shug‘ullanadi va masofa saqlanadi.
Angliya chempionati COVID-19 virusining keng tarqalishi sabab to‘xtab qolgandi. 29-turga kelib “Liverpul” 82 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.
16-maydan boshlab Germaniya Bundesligasi o‘yinlari start oldi. Shuningdek, La Liga va A Seriyada ham mavsumni davom ettirish borasida harakatlar davom etmoqda. Kuchli beshlik ligalari safiga kiruvchi Fransiya chempionti esa muddatidan avval yakunlandi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *