Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning iqtidorli futbolchisi «Real»ga o‘tishi mumkin

«Barselona»ning iqtidorli futbolchisi «Real»ga o‘tishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Ksavye Mbuyamba yozgi transfer paytida boshqa jamoaga o‘tmoqchi. 18 yoshli futbolchining agenti Karlos Barriosning aytishicha, unga da’vogarlar safida «Real» va Yevropaning bir nechta yetakchi klublari bor.

«Deyarli barcha top-klublar Ksavye haqida so‘rashdi. Ular orasida «Real» ham bor. Madridliklar o‘zlarining yoshlar jamoasiga jiddiy yondoshishadi. Lekin bu kelishuvni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. «Yuventus» va «Inter» tomonidan ham qiziqishlar bor, ammo «Chelsi»ning taklifi yaxshiroq», — dedi agent "Voetbal International"ga bergan intervyusida.

Mbuyamba 2019 yilning avgust oyida Niderlandiyaning «MVV Maastrixt» klubidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda u UEFA o‘smirlar ligasida 3ta o‘yinda maydonga tushdi.
Manba: sport24.ru

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *