Goal24.uz » O'zbekiston » Germaniyalik mutaxassis SHomurodov Bundesliganing qaysi klubiga mos ekani haqida gapirdi

Germaniyalik mutaxassis SHomurodov Bundesliganing qaysi klubiga mos ekani haqida gapirdi

Автор: admin

Unda mehmon sifatida saytimizning germaniyalik yaqin do'sti Miron Goyxman ishtirok etdi. Tashkil qilingan jonli efir davomida mutaxassis hamyurtimiz Eldor SHomurodov haqida ham fikrini bildirdi.

“Men bu haqida Rossiya matbuotida o'qidim. O'ylashimcha, SHomurodov futbolchi sifatida Bundesligada o'ynay oladi. To'g'ri, top jamoalar safiga borib qo'shilmasligi mumkin. Bularning barchasi transfer siyosatiga bog'liq, klub bilan kelishish, agentlarning ishga munosabati, malum narxdagi summani to'lash va hokazo. Uning agentining Bundesliga klublari bilan aloqalari qandayligini bilmayman. Eldorni Germaniya chempionatida ko'rish qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman.

Hozir qaysi jamoada hujumchi bilan bog'liq muammo bor? Menimcha, barcha klublar har doim kuchli hujumchilarni izlashadi. Menga uni “Augsburg”ga taklif qilardim. Hozirda mazkur islandiyalik hujumchi Finbogasson bor, u ko'p jarohat oladi. SHu bois bu jamoaga SHomurodov kelsa yomon bo'lmasdi. Koronavirus futbolchilarning transfer narxini tushishiga jiddiy tasir qiladi. SHu boisdan bu masalada yaxshilab o'ylab ko'rish kerak”,- dedi Miron Goyxman "Tezkor Studiya"da.

92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *