Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ferdinand «MYU»ga Harri Keyndan ko‘ra zaruroq bo‘lgan 3 nafar futbolchini aytdi

Ferdinand «MYU»ga Harri Keyndan ko‘ra zaruroq bo‘lgan 3 nafar futbolchini aytdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi, Sky Sports eksperti Rio Ferdinand «MYU» yozgi transfer oynasida sotib olishi zarur bo‘lgan uch futbolchini aytdi.

«Manchester Yunayted» klubi yozda Harri Keynni sotib olishi mumkinligi haqida eshitdim. Jamoaga hujumkor futbolchi kerak bo‘lsa, u holda men Jeydon Sanchoni tanlardim. U jamoaga o‘zgacha o‘yin uslubi olib kirishi mumkin. «MYU»ga mana shunday noodatiy o‘ynay oladigan futbolchilar kerak. Menga qolsa, qo‘rqmay Sanchoga 7-raqamni topshirardim, u bosimga dosh bera oladi. Shuningdek, transfer oynasida himoyachi Kalidu Kulibali va yarimhimoyaga Saul Nigesni ham sotib olish zarur deb o‘ylayman», - deydi Ferdinand Goal nashriga.
Ma’lumot uchun, Sancho «Borussiya» klubi bilan 2022 yilgacha shartnoma ega. 20 yoshli angliyalik futbolchining transfer bahosi 117 million yevroga baholangan.


86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *