Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Italiyada sport tadbirlari 14-iyunga qadar taqiqlandi

Italiyada sport tadbirlari 14-iyunga qadar taqiqlandi

Автор: admin

Sport Mediaset nashrining xabar qilishicha, mazkur qaror koronavirusning tarqalish dinamikasiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu tariqa A Seriyada joriy mavsumini qayta boshlash sanasi kamida bir hafta suriladigan bo‘ldi. Italiya chempionatini 13-iyundan davom ettirish rejalashtirilgandi.
Avvalroq Italiya sport vaziri Vinchenso Spadafora tibbiyot protokoli tayyor bo‘lmagani sabab jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlash sanasi keyinga qoldirilganini ma’lum qilgandi. Hujjat imzolanmaguniga qadar futbolchilar klub bazalarida individual mashg‘ulot o‘tab turadi.
Dastlab taqdim etilgan tibbiyot protokoliga A Seriyaning kamida 9 ta klubi qarshi chiqqan. Unga ko‘ra, bir nafar futbolchida koronavirus aniqlanadigan bo‘lsa, klubning barcha a’zolari karantinga yuborilishi haqidagi band bor edi. Bu esa klublarga ma’qul kelmagan.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *