Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Kariusga "Liverpul"da mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berilmadi

Kariusga "Liverpul"da mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat berilmadi

Автор: admin

Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Loris Karius jamoaga qaytganidan keyin asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda qatnasha olmayapti. Ayni paytda darvozabon faqat individual holda mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Shu tariqa, germaniyalik darvozabon keyingi mavsumda o‘ziga yangi jamoa izlaydi.
Liverpool Echo portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Kariusga APLning qolgan o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat berilmaydi, shu sababli, u o‘z jamoadoshlari bilan umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi.
Avvalroq, Karius ijara asosida o‘ynayotgan "Beshiktosh" klubi bilan shartnomasini muddatdan oldin bekor qilgandi.

74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *