Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning 3 ta klubida 6 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi

APLning 3 ta klubida 6 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi

Автор: admin

Unga ko‘ra, 748 tahlildan oltitasi koronavirusga ijobiy natija bergan. Zararlanish uchta klubda kuzatilgan. Virus yuqtirib olganlar 7 kunlik karantinga yuboriladi. Rasmiy bayonotda virus yuqtirib olganlar shaxsi oshkor qilinmagan.
“Byornli” klubi bosh murabbiyining yordamchisi Ien Voanda COVID-19 aniqlangan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qilgan. Shuningdek, yana uchta holat “Uotford” klubida qayd etilgan. The Athletic jurnalisti xabariga ko‘ra, klubning bir o‘yinchisi va ikki xodimida infeksiya borligi ma’lum bo‘lgan. Shu tariqa ikkita koronavirusga chalinish holati kuzatilgan bir klub nomi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz Premyer Liga klublariga 19-maydan guruh mashg‘ulotlarini boshlashga ruxsat etildi.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *