Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Yunayted" ikkita yirik transferga amalga oshirmoqchi

"Manchester Yunayted" ikkita yirik transferga amalga oshirmoqchi

Автор: admin

ESPN nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Monako" hujumchisi Vissam Ben Yedderga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Mankunianlar" shu yildayoq ushbu transferni amalga oshirmoqchi, chunki "Monako" klubi koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi va YECHLga ham yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Angliyalik shu yo‘l orqali Markus Reshford va Antoni Marsyallarga raqobatni kuchaytirmoqchi.
"MYU"ning hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan yana bir nomzod - Filippe Koutinyo. Sport.es saytining tarqatgan xabariga qaraganda, Filippe Koutinyoga huquqiy jihatdan Kataloniyaning "Barselona" klubi egalik qiladi. "Qizil iblislar" ayni paytda Myunxenning "Bavariya" klubida ijara asosida o‘ynayotgan 27 yoshli braziliyalik futbolchiga rasmiy so‘rov yuborishni rejalashtirmoqda.

109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *