Goal24.uz » O'zbekiston » Shomurodov koronavirusga test topshirdi

Shomurodov koronavirusga test topshirdi

Автор: admin

«Rostov» klubi o‘yinchilari, murabbiylari va xodimlari koronavirusga test topshirishdi. Jamoa matbuot xizmati infeksiyaga chalingan holat aniqlanmagani haqida xabar tarqatdi.

«Klubimiz futbolchilari, murabbiylari va xodimlari shu kunlarda COVID-19ga test topshirishdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, barcha testlar manfiy natija berdi.

"Sariq-ko‘klar"ning deyarli barcha a’zolari Rostove-na-Donu shahrida bo‘lib turishibdi. Faqat himoyachi Dennis Xajikadunich Shvesiyadan qaytishi kerak. Shundan so‘ng individual mashg‘ulotlar boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Premyer-liga 21 iyun kuni qayta boshlanadi. «Rostov» 22-turdan keyin 4-o‘rinni egallab turibdi», — deyiladi klub rasmiy sayti tarqatgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida. "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov 11ta gol bilan Rossiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 2-o‘rinda bormoqda.
Manba: sports.ru

88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *