Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya takroran to‘xtatilganda pley-off shaklida yakunlanishi mumkin

A Seriya takroran to‘xtatilganda pley-off shaklida yakunlanishi mumkin

Автор: admin

A Seriya rahbariyati va Italiya Futbol Federatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan chempionatni yakunlab olish masalasi muhokama etildi.
Jumladan, agar mavsum yana bir bor to‘xtatiladigan bo‘lsa, chempionatni qisqa pley-off formatida yakunlash haqida qaror qabul qilindi.
Pley-off jadvalning yuqori va quyi qismidagi jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. Shu tariqa sovrindorlar va quyi ligalarga tushib ketadigan klublar aniqlanadi.
Agar mavsumni davom ettirishning umuman iloji bo‘lmasa, u holda klublarning jadvaldagi o‘rni maxsus koeffitsiyentlar orqali aniqlanadi.
A Seriya rahbariyati bu mavsumni 20 avgustgacha yakunlab olmoqchi. 2020/21 mavsumi esa 1 sentyabrda boshlanishi kerak. Hozircha A Seriyani 20 iyundan boshlab davom ettirish rejalashtirilgan.


72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *