Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Lautaro o‘rniga "Inter"ga super to‘purar kelmoqda!

Lautaro o‘rniga "Inter"ga super to‘purar kelmoqda!

Автор: admin

"Inter" klubi “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan hujumchi Lautaro Martines o‘rniga munosib nomzod qidirishni davom ettirmoqda.
Manchester Evening News nashriga ko‘ra, "neradzurrilar"ning bu boradagi e’tibori "Manchester Siti" forvardi Serxio Agueroga tushgan. 31 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasi esa yana bir yildan so‘ng nihoyasiga etishini inobatga olsak, “Inter”ning uni sotib olishi u qadar qiyin kechmaydi.
Aguero joriy mavsum “Siti” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 52 mln evroga baholanmoqda.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *