Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Yuventus” “Barsa”ning super taklifini rad etdi

“Yuventus” “Barsa”ning super taklifini rad etdi

Автор: admin

“Barselona” rahbariyati Turin klubi sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi Matteys De Ligtni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Yuventus” rahbariyatiga 75 million evro taklif qildi.
Pandemiya davri uchun super narx hisoblangan bu summa turinliklarni qiziqtirmadi va ular himoyachi jamoada qolishini ma’lum qildi. Qolaversa, Transfermarkt tomonidan himoyachining bugungi narxi 67,5 millionga baholangan.
De Ligt “Yuventus” tarkibiga bir yil muqaddam “Ayaks”dan kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda italiyaliklar yosh futbolchi uchun 85,5 million evro to‘lagan. 20 yoshli  himoyachi barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazdi, ikkita gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan


79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *