Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Nyukasl»ning saudiyaliklar tomonidan sotib olinishiga qarshilik qilinmoqda

«Nyukasl»ning saudiyaliklar tomonidan sotib olinishiga qarshilik qilinmoqda

Автор: admin

Angliyaning «Nyukasl» klubi yaqin orada Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon qo‘liga o‘tishi mumkin. Shahzoda Premer-Liga vakilini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi – APL rahbariyati bitimni ma’qullasa kifoya.
Ammo marhum jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Xadija Jengiz bunga faol qarshilik qilishga urinmoqda.
The Telegraph xabariga ko‘ra, Jengiz APL rahbari Richard Masters bilan uchrashib, bitimni ma’qullamaslikni taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, jurnalist Jamol Qoshiqchi 2018 yilda Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsulligi binosida o‘ldirilgan edi. Shundan so‘ng, uning o‘limida shahzoda Muhammad ibn Salmon ayblandi. Chunki jurnalist uning boshqaruv uslubini doimo tanqid qilib kelgan edi.
Avvalroq, Jengiz «Nyukasl» muxlislariga murojaat qilib: «Shahzoda Salmon o‘z jinoyatlarini futbol o‘yini bilan yashirmasligi kerak», degan edi. Ayol fanatlardan bitimning amalga oshishiga qarshilik qilishni so‘radi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *