Goal24.uz » O'zbekiston » Eldor “Rostov” etakchisi, Oston ham tez orada “Ufa”ni “qo‘lga oladi”

Eldor “Rostov” etakchisi, Oston ham tez orada “Ufa”ni “qo‘lga oladi”

Автор: admin

Rossiyaning soccer.ru sayti mamlakat premer-ligasi klublarining eng muhim legionerlarini aniqlagan edi.
Rossiyalik mutaxassislarning fikricha,  premer-liga to‘purarlari bahsida g‘oliblik uchun kurashayotgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ning bugungi kundagi etakchi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.
Rossiya chempionatidagi ikkinchi vakilimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubida esa, etakchi legioner sifatida 2017 yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan moldovalik Ketelin Karp qayd etilgan.
Biroq Oston O‘runov “Ufa” jamoasining yangi etakchisi bo‘lishga da’vogar. Chunki “Ufa”ga qo‘shilganidan keyin uchta o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazgan o‘zbek yigiti mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Oston  ishonchli o‘yin ko‘rsatgan uchrashuvlarda “Zenit” va TsSKA kabi Rossiya chempionati grandlari o‘z maydonida ufaliklarni engolmadi.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *