Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Chelsi" muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin

"Chelsi" muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin

Автор: admin

"Chelsi" klubi himoyachisi Jorjinoning agenti "Yuventus" bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmayotganini aytdi.
Bundan avvalroq esa “keksa sinora” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Napoli" va "Chelsi"da birga ishlagan 28 yoshli sobiq shogirdini Turinga olib kelishga urinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, futbolchining agenti “Yuventus”dan hech kim u bilan bog‘lanmagani va Jorjino “Chelsi”da baxtli ekanini aytdi.
Jorjino joriy mavsum “aristokratlar” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *