Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Koronavirus tufayli eng ko‘p zarar ko‘rgan klub aniq bo‘ldi

Koronavirus tufayli eng ko‘p zarar ko‘rgan klub aniq bo‘ldi

Автор: admin

Yevropa klublari koronavirus tufayli jiddiy zarar ko‘rishmoqda. Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra, klublarning yillik daromadlari 13 foizdan 30 foizgacha qisqarishi mumkin.

Ispan klublari orasida eng ko‘p zarar «Barselona» hissasiga to‘g‘ri kelgan. Kataloniyaliklarning mavsum oxiriga qadar zarari 120-260 million yevrogacha yetishi mumkin.

Ushbu ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini «Real» egallab turibdi. Madridliklarning zarari 100-230 million yevroga baholanmoqda.

Daromadlarning kamayishi teletranslyasiyalar huquqi, homiylik to‘lovlar, chiptalar savdosi bilan bog‘liq.
Manba: bombardir.ru

97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *