Goal24.uz » O'zbekiston » "Paxtakor"ning afsonaviy posbonlari

"Paxtakor"ning afsonaviy posbonlari

Автор: admin

Jamoa tarixiga doir berilayotgan ma’lumotda bu safar “Paxtakor” tarkibida SSSR va O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida maydonga tushgan barcha darvozabonlar bilan tanishib olasiz. Hozirgacha jami 61 nafar posbon "sherlar" sharafini chempionat o‘yinlarida himoya qilgan.
Eng ko‘p o‘ynagan darvozabon Aleksandr Yanovskiy bo‘lib, u 297 bor “Paxtakor” safida chempionat bellashuvlarida darvozani qo‘riqlagan. Afsonaviy Yuriy Pshenichnikov esa 231 bor o‘ynagan. Pshenichnikov SSSR terma jamoasi tarkibida 19 bahsda maydonga tushgan, 1968 yil SSSRning eng yaxshi darvozaboni sifatida topilgan. Pavel Bugalo 173 uchrashuvda o‘ynab, 1996 va 1997 yillarda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. Jami 4 marta O‘zbekiston chempioniga aylangan. 168 uchrashuv o‘tkazgan Ignatiy Nesterov turli jamoalarda 13 karra O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston Kubogi bosh sovrinlariga ega chiqqan. Aleksandr Lobanov 133 o‘yin bilan kuchli beshlikni yakunlab beradi. Sasha "Paxtakor" bilan uch marta chempion bo‘lgan. 100tadan ortiq uchrashuvda darvozani qo‘riqlagan yana bir posbon Nikolay Lyubartsev sanaladi. U 133 bahsda “Paxtakor” posboni sifatida ko‘rinish bergan.
Jamoamiz safida ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushirilgan Pyotr Volostnov esa 25 bellashuvda maydonda o‘ynagan.



91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *