Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Liverpul"ga Chakir kerak

"Liverpul"ga Chakir kerak

Автор: admin

Turkiyaning "Trabzonspor" klubi darvozaboni Ugurjan Chakir faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport Witness tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli turkiyalik golkiperga “Liverpul”dan qiziqishlar paydo bo‘lgan. Mersisaydliklar uning uchun 25 million evro taklif qilishga tayyor. Mersisaydliklar Chakirni jamoaning asosiy posboni Alissonga munosib o‘rindosh sifatida ko‘rishmoqda.
Aytish kerakki, hozirda "Liverpul"da Alissondan tashqari yana 4 ta darvozabon bor: Adrian, Loris Karius, Endi Lonegran va Kevin Kellexer.
Chakir joriy mavsum 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 37 ta gol o‘tkazib yubordi.


96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *