Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Hakimi "Real"ga qaytadimi? Futbolchining agenti bu savolga javob berdi

Hakimi "Real"ga qaytadimi? Futbolchining agenti bu savolga javob berdi

Автор: admin

Mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Hakimining agenti Alexandro Kamano mijoziga “Inter”dan takliflar bo‘layotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Bunday taklif bo‘lmadi, biz “Real”ga qaytamiz. Ashraf o‘z pozitsiyasida dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘ladi”, - deydi agent.
Hakimi joriy mavsum Bundesligada 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ijara muddati 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.


113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *