Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJ tarbiyalanuvchisi Jordan Diakise vafot etdi. U 24 yoshda edi

PSJ tarbiyalanuvchisi Jordan Diakise vafot etdi. U 24 yoshda edi

Автор: admin

Bu haqida “Furiani Alyani” havaskor klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Futbolchi 2019-yilning yozidan buyon mana shu klub safida o‘ynab kelayotgandi.
Klub bayonotida Diakise har doim kulib turadigan, xushchaqchaq yigit ekani va uning o‘limi jamoadagilarga kuchli zarba bo‘lgani ta’kidlangan. O‘limga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Futbolchi 2012—2015-yillar oralig‘ida PSJning turli xil yosh toifasidagi jamoalarida o‘ynagan. 2017 va 2018-yillari Jordan Shveysariyada to‘p surdi, keyin Xorvatiyada bir yil harakat qildi. Shuningdek, u Fransiya U-20 terma jamoasida ham o‘ynagan.
103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *