Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Bavariya” Sane borasida bosh qotirmoqda
 
Myunhenning “Bavariya” jamoasi “Manchester Siti” vingeri Leroy Saneni yozda o‘zining birinchi raqamli transfer maqsadiga aylantirganidan xabaringiz bor.
ESPN nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Sane borasida “Manchester Siti” bilan kelisha olmasa, bor e’tiborini “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi – Jeydon Sanchoga qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi bilan shuningdek “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqib qolgan bo‘lib, Sanchoning transfer summasi 120 million yevroga teng.
Koutinyo uchun asosiy da’vogarlar aniq
 
Myunhenning “Bavariya” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan Filippe Koutinyo uchun bir yo‘la uchta angliya grandlari ko‘z tikmoqda.
“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi bilan “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Lester” klublari 60 million yevro to‘lashga tayyor, biroq “Barselona” Koutinoni 90 millionga baholamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi uchun kurashda “Barsa”ga ko‘proq pul taklif qilgan jamoa g‘olib chiqadi.
“Seltik” futbolchisi nishonda
 
Shotlandiyaning “Seltik” klubi himoyachisi Kristoffer Ayer yozda katta ehtimol bilan APL jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin.
“90min.com” nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Everton” va “Vulverhempton” klublari qiziqib qolgan.
Transfermarket nashri markaziy himoyachini 2,7 millionga baholagan bo‘lsada, shotlandiyaliklar uni 25 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
“Chelsi” uni sotmoqchi
 
Dunyoning eng qimmat darvozaboni yozda Ispaniyaga qaytib ketishi mumkin. Bu haqida taniqli “Daily Exsrpress” nashri ma’lum qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha Kepa Arissabalaga bilan “Valensiya” shartnoma imzolash niyatida. Ispan klubi Yasper Sillesenning o‘yinlaridan norozi bo‘lgani bois, uni Kepa bilan almashtirishga tayyor.
Hozircha bu transfer ijara asosida amalga oshishi tahmin qilinmoqda. Korona-tanaffusdan so‘ng, birorta klub “Chelsi” Kepa uchun talab qilayotgan summani to‘lay olmasligi turgan gap.
Pogba qaytishi mumkin
 
Turinning “Yuventus” jamoasi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani ortga qaytarish borasidagi ishlarni boshlab yubordi.
“Le10sport” bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Yuve” rahbarlari allaqachon futbolchining agenti Mino Rayola bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba uchun bo‘layotgan kurashdan PSJ va “Real” klubi chiqib ketgach, faqat “Yuve”gina fransiyalik uchun da’vogar bo‘lib turibdi.

141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *