Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Mourino: «2010 yili Eto'O yoki Sneyder «Oltin to‘p»ni yutmagani ajablantiradi»

Mourino: «2010 yili Eto'O yoki Sneyder «Oltin to‘p»ni yutmagani ajablantiradi»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino «Inter» bilan Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan mavsumida shogirdlari Samyuel Eto'O va Uesli Sneyder «Oltin to‘p»ga loyiq bo‘lishganini aytdi.
«Ajablanarlisi shundaki, Samyuel butun faoliyati davomida «Oltin to‘p»ni yuta olmagan.
Uesli ham 2010 yili aql bovar qilmas darajada edi. 1 yil ichida u klub bilan trebl qayd etdi va jahon chempionatida finalgacha yetib bordi. 
Biz 2010 yil yakunida taqdirlash marosimiga bordik. Yigitlar hatto uchlikka ham kirishmadi (uchlikdan Lionel Messi, Andres Inesta va Xavi o‘rin olgandi).
Ular yil yakunlariga ko‘ra faqat ramziy terma jamoaga kirishdi», – deb Mourinoning so‘zlarini keltiradi The Athletic.


80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *