Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. «Herta» derbida «Union»ni tor-mor etdi

Bundesliga. «Herta» derbida «Union»ni tor-mor etdi

Автор: admin

Germaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda «Herta» o‘z uyida «Union»ni qabul qildi. Berlin derbisi mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 
G‘alabadan so‘ng «Herta» ochkolarini 34taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Union» esa 30 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi.
Bundesliga, 27-tur
Herta – Union 4:0
22 may, «Olimpiyashtadion»
Gollar: Ibishevich (51), Lukebakio (52), Kunya (61), Boyata (77).
Herta: Yarsteyn, Plattenxardt, Boyata, Pekarik, Torunariga, Gruyich, Shelbred (Samarjich, 81), Darida (Mayer, 80), Lukebakio (Dilrosun, 75), Ibishevich (Piontek, 75), Mateus Kunya (Mittelshtedt, 66). 
Union Berlin: Gikevich, Trimmel, Rayxel (Ryuerson, 63), Fridrix, Parensen, Andrix (Kroos, 72), Premel, Byulter (Malli, 63), Hyubner, Andersson (Polter, 71), Ingvartsen (Uja, 57).
Ogohlantirishlar: Parensen (9), Lukebakio (43), Gruyich (67).


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *