Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Mourino Ibrahimovich «Barselona»ga ketayotganida unga nima deganini aytdi

Mourino Ibrahimovich «Barselona»ga ketayotganida unga nima deganini aytdi

Автор: admin

«Inter»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Milan klubida ishlagan paytlarida hujumchi Zlatan Ibrahimovichning «Barselona»ga o‘tib ketganiga qanday munosabatda bo‘lgani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik futbolchi 2009 yili «Inter»dan «Barselona»ga o‘tadi, shundan keyin milanliklar Chempionlar Ligasini yutishadi.
«U kiyinish xonasiga kelib: «Men ketyapman. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishim kerak» degandi.
Italiyalik yordamchilarim Zlatansiz Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish mumkin emas, deb o‘ylashgan. Shuningdek, klub o‘yinchilari ham uni yo‘qotishni istashmagan. Men xavotirlanardim, lekin suhbatni shunday yakunladim: «Sen ketsang, biz chempion bo‘lishimiz mumkin».
Keyin ijrochi direktor Marko Brankega Ibra «Barselona»ga o‘tsa, Samyuel Eto'O bilan shartnoma tuzishga harakat qilishimiz kerakligini aytdim. U va Diyego Milito jamoaga taktika nuqtai nazaridan ko‘p narsa berishi mumkin edi», – deb Mourinoning so‘zlarini keltiradi Marca.


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *