Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vinisius: «Real» ikki o‘yinda ham «Barselona»dan kuchliroq edi»

Vinisius: «Real» ikki o‘yinda ham «Barselona»dan kuchliroq edi»

Автор: admin

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior joriy mavsum doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan o‘yinlar haqida gapirdi.
«Real» La Liga doirasidagi ikki o‘yinda «Barselona»dan kuchliroq o‘ynaganmidi? Ha, men ikki o‘yinni ham takroran tomosha qilib, biz ulardan yaxshiroq o‘ynaganimizni angladim. Biz ko‘p jihatda ulardan kuchliroq ko‘ringandik.
Endi tezroq sport formamizni tiklashimiz kerak. Biz g‘alaba qozonish uchun mavsumning qolgan qismini intiqlik bilan kutayapmiz. Muxlislarimiz uchun La Ligada chempion bo‘lishimiz kerak. Juda ko‘pchilik koronavirus tufayli aziyat chekdi. Og‘ir damlarda «Real» muxlislarini quvontirish uchun ham g‘oliblikni qo‘lga kiritsak ajoyib bo‘lardi. To‘g‘ri, Primeradagi chempionligimiz fojiaga yechim bo‘la olmaydi, ammo muxlislarimizga ozgina tabassum ulasha olsak shuning o‘zi katta baxt», - deya Vinisiusning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi «El Klasiko»ning dastlabkisida hisob ochilmagan bo‘lsa, Madriddagi bahsda «Real» 2:0 hisobida zafar quchgandi.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *