Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» 6 futbolchidan boshqa barchani sotishi mumkin

«Barselona» 6 futbolchidan boshqa barchani sotishi mumkin

Автор: admin

«Barselona» yozda tarkibdagi ko‘plab futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.
Marca xabariga ko‘ra, faqat 6 futbolchi – Lionel Messi, Antuan Grizmann, Frenki de Yong, Mark-Andre ter Stegen, Ansu Fati va Jerar Pike tarkibdagi o‘rnini saqlab qoladi. 
Boshqa barcha futbolchilar jamoani tark etishi mumkinligidan xabardor qilingan. Xususan ular Lautaro Martines («Inter») yoki Miralem Pyanich («Yuventus») transferi bo‘yicha bitimga qo‘shib berilishi mumkin.
Avvalroq himoyachi Nelson Semedu «Manchester Siti»ga, yarimhimoyachi Artur «Yuventus»ga, Jan-Kler Todibo esa «Everton»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *