Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Arsenal” futbolchisining rafiqasi qurol bilan qo‘lga olindi

“Arsenal” futbolchisining rafiqasi qurol bilan qo‘lga olindi

Автор: admin

“Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinatsning rafiqasi Bella London aeroportida qo‘lga olindi.
Franktfurtdan uchib kelgan xonim aeroportdan elektroshoker-pistoletni olib o‘tmoqchi bo‘lgan. O‘zini himoya qilish uchun bu qurolni olgan Bella avvalroq aviatashuvchi kompaniyaga qurol olib o‘tilishi bo‘yicha so‘rov yo‘llagan, lekin javob olmagan. Britaniyada noqonuniy qurol olib kirishga yarim yil qamoq jazosi belgilangan. Bella erining advokatlari yordamida jazodan qutilib qoldi.  
Sead Kolashinats va Mesut O‘zil 2019 yilning yozida Londonda hujumga uchragan edi. O‘shanda jinoyatchilar skuterlarda O‘zilning mashinasiga kelib, futbolchilarga pichoq bilan tahdid qilgan. O‘zil yordam so‘rash uchun restoranga yugurgan, Kolashinats esa ular bilan mushtlashgan. Jinoyatchilar politsiya tomonidan qo‘lga olingan.



88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *