Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real», «Barselona» va «Ayaks» 18 yoshli hujumchini kuzatmoqda

«Real», «Barselona» va «Ayaks» 18 yoshli hujumchini kuzatmoqda

Автор: admin

«Sevilya» akademiyasining 18 yoshli hujumchisi Diyego Fernandes Talaveron Yevropa klublari e’tiborini o‘ziga qarata oldi.
Andalusiya klubining vakili Milliy yoshlar ligasining 22ta o‘yinida 22ta gol urib, yuqori sermahsullikni namoyish qilmoqda. U musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Futbolchi xizmatiga «Ayaks» qiziqish bildirmoqda. Uni «Barselona» va «Real» skautlari ham kuzatib boryapti.
Ayni vaqtda Talaveron «Sevilya» bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga shoshilmayapti. Klub uni tarkibda saqlab qolishga intilmoqda.
Talaveron 14 yoshidan beri «Sevilya» akademiyasida tahsil olyapti.


74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *