Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Sancho «Borussiya Dortmund» rekordini yangiladi

Sancho «Borussiya Dortmund» rekordini yangiladi

Автор: admin

«Borussiya Dortmund» yarimhimoyachisi Jeydon Sancho Bundesliga 27-turidan o‘rin olgan «Volfsburg»ga (2:0) qarshi o‘yinda golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu bilan 20 yoshli ingliz Germaniya chempionatining 25ta o‘yinida 16ta golga hammualliflik qildi.
Natijada Sancho 1 mavsumdagi assistlar soni bo‘yicha «Borussiya Dortmund» rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari, futbolchi Bundesliganing joriy mavsumida birinchi bo‘lib «gol+pas» tizimida 30 ochko to‘pladi (14 gol + 16 uzatma).
Jeydon 2017 yil yozidan beri «Borussiya Dortmund» tarkibida to‘p tepyapti. Uning transfer qiymati 117 mln yevroga baholangan.


78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *