Goal24.uz » Jahon » Futbol tarixidagi jarima zarbalari ustalari reytingi e’lon qilindi (top-10)

Futbol tarixidagi jarima zarbalari ustalari reytingi e’lon qilindi (top-10)

Автор: admin

«Lion» klubi sobiq yarim himoyachisi Juninyo futbol tarixida jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan — 77ta. Ikkinchi pog‘onani uning vatandoshi Pele egalladi (70 gol).

Ronaldinyo ushbu ro‘yxatda 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Bekxem 5-pog‘onani band etgan. Maradona esa 62ta gol bilan 6-o‘ringa joylashdi.

E’tiborli tomoni, braziliyalik sobiq darvozabon Rodjerio Seni faoliyati davomida 59ta gol bilan top-10ga kirdi.

Zamonaviy futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kuchli o‘nlikdan o‘rin olmadi.

Ma’lumot o‘rnida. Juninyo 2001-2009 yillarda «Lion» sharafini himoya qilgan. U Fransiya chempionati doirasida 248ta o‘yinda maydonga tushib, 100ta gol urgan. Braziliyalik futbolchi lionliklar safida 7 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan.

Manba: bombardir.ru

299   
Добавить комментарий
Ваше имя: *