Goal24.uz » Jahon » Sakkiz mamlakatda o‘ynagan futbolchi o‘zini o‘ldirdi

Sakkiz mamlakatda o‘ynagan futbolchi o‘zini o‘ldirdi

Автор: admin

“Radnichki” klubi tarbiyalanuvchisi Milyan Mrdakovich Belgrad markazidagi ijara uyida o‘zini o‘ldirdi. U 38 yoshda edi.
O‘z vaqtida iste’dodli futbolchi sifatida ko‘zga ko‘ringan Mrdakovich «Metallist»,  «Partizan», «Anderlext», «Gent», «Zaltsburg», «Makkabi» Tel-Aviv, «Vitoriya» Gimaraynsh, «Shandun Lunen», «Apollon» kabi sakkiz mamlakatning ko‘plab jamoalarida to‘p surgan. U faoliyatini 2017 yilda Belgradning “OFK” jamoasida yakunlagan edi.
Hujumchi Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida ishtirok etgan. 2008 yili Pekin olimpiadasida ham to‘p surgan.
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *