Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Tomas Myuller De Bryuynega yetib oldi

Tomas Myuller De Bryuynega yetib oldi

Автор: admin

Bundesliga 27-turidan o‘rin olgan «Ayntraxt»ga qarshi o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan «Bavariya» futbolchisi Tomas Myuller o‘yinda hisobni ochgan Leon Goretskaning goliga assistentlik ham qildi. Bu Myullerning Bundesliga joriy mavsumidagi 17-assisti bo‘ldi.
Shu tariqa Myuller «kuchli beshlik» chempionatlarida to‘p tepayotgan futbolchilar orasida joriy mavsumda eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan ikki futbolchidan biriga aylanib oldi. Myullergacha bu borada «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne 17ta uzatma bilan yetakchilik qilayotgandi. Myuller va Sanchoda 16tadan assist bor edi.
Ayni damda La Ligada Lionel Messi (12ta assist), Fransiya chempionatida Anxel Di Mariya (14ta assist), A Seriyada esa Luis Alberto uzatmalar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.



96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *