Goal24.uz » O'zbekiston » Yaxshiboyev Belarus chempionatining keyingi turini o‘tkazib yuboradi

Yaxshiboyev Belarus chempionatining keyingi turini o‘tkazib yuboradi

Автор: admin

Belarus chempionatining 10-turi doirasida "Energetik-BGU" safarda "Isloch" klubi mehmoni bo‘lmoqda.

Birinchi bo‘limning 13-daqiqasida belgilangan penaltini Jasur Yaxshiboyev aniq amalga oshirib hisobni ochgandi, mezbonlar ham tanaffusga qadar penaltidan muvozanatni tiklashdi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Jasur o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun hakamdan jarima zarbasi so‘ragandi, aksincha referi o‘zbekistonlik futbolchining o‘ziga sariq kartochka ko‘rsatdi. Ushbu ogohlantirish Yaxshiboyev uchun to‘rtinchisi bo‘ldi.

Natijada "Energetik" hujumchisi 11-turda bo‘ladigan "Vitebsk"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *