Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Flik: «Dortmundda nolga o‘ynashni xohlaymiz»

Flik: «Dortmundda nolga o‘ynashni xohlaymiz»

Автор: admin

«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliganing 27-turidan o‘rin olgan «Ayntraxt»ga qarshi bahsdan so‘ng (5:2) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Birinchi bo‘lim menga juda yoqdi. Shuningdek, bugun bo‘sh hududlardan unumli foydalangan Tomas Myullerni alohida e’tirof etaman.
Raqibdan ustun kelishni xohladik va bunga erishdik. 3:0dan keyin biroz bo‘shashdik, standart vaziyatlarda yaxshi ko‘rinmadik.
Dortmundda nolga o‘ynashni xohlaymiz», – deb Flikning so‘zlarini keltiradi Kicker.
Ma’lumot o‘rnida, Germaniya chempionatining navbatdagi turida «Bavariya» 26 may kuni Dortmundda eng ya’qin ta’qibchisi «Borussiya» mehmoni bo‘ladi.



89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *