Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Balotelli Braziliyada?!
 
Italiyaning “Breshia” klubi hujumchisi Mario Balotelli yozda Braziliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi bilan “Botofogo” va “Flamengo” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
Bu haqida futbolchining agenti ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, Mario Braziliyada to‘p surishga qarashi emas.
Eslatib o‘tamiz, taniqli transfermarket portali futbolchini 5,5 million yevroga baholamoqda.
“Inter” Kavanini nishonga oldi
 
Milanning “Inter” klubi PSJ forvordi Edinson Kavani bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Fransiyaning “L’equipe” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub urugvaylik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Edinsonning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z yakuniga yetadi.
“Marsel” futbolchisi nishonda
 
Yana o‘sha “ L’equipe”ning ma’lum qilishicha, “Marsel” klubi himoyachisi Bubakar Kamara bir yo‘la bir nechta grand jamoalar nishoniga tushib qoldi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 20 yoshli himoyachi bilan “Manchester Siti”. PSJ va “Milan” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.
Fransiya klubi yosh futbolchisini sotishga qarshi emas, biroq uning transferidan 40 million yevro ishlab olmoqchi.
Kulibali “Trendda”!
 
Italiyaning “Napoli” jamoasi himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurash avjiga chiqib bormoqda.
Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, senegallik himoyachi bilan endilikda “Manchester Siti” jamoasi ham qiziqib qoldi.
Neapol klubi o‘z futbolchisini 90 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. “TheSun” bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, “qizil iblislar” Kulibali uchun 90 million to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq himoyachi bilan “Nyukasl”. “Liverpul”. “Bavariya”. “Arsenal” va “Tottenhem” jamoalari qiziqqan edi.
“Barselona” Grizman borasida qarorga keldi
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Antuan Grizman borasida yakuniy qarorga keldi.“MundoDeportivo” bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” 29 yoshli futbolchini sotmoqchi emas.
Manbada yozishilicha, “Barselona” yozda sotilmaydigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra : Antuan Grizmann, Lionel Messi, Ansu Fati, Mark-Andre ter Shtegen, Jerar Pike va Frenki de Yonglar jamoada qolishi aniq bo‘ldi.

168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *