Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLning ikki klubi Iguain uchun kurash boshladi

APLning ikki klubi Iguain uchun kurash boshladi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasining «Nyukasl» va «Vulverhempton» klublari «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain uchun kurash boshladi, deya xabar bermoqda The Express.
Manbaning yozishicha, «Yuventus» 33 yoshli argentinalik hujumchi bilan yozda xayrlashmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgach, «Nyukasl» va «Vulverhempton» klublari tajribali forvard uchun taklif tayyorlashni boshlagan. 
Qayd etilishicha, Iguainga Argentinadagi sobiq jamoasi «River Pleyt»dan ham taklif tushgan. Futbolchi faoliyatini ushbu klubda tugatmoqchi, ammo ungacha Yevropadagi faoliyatini davom ettirish niyatida.
Ma’lumot uchun, Gonsalo ushbu mavsumda «Yuve» safidagi 18 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan.



66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *