Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. Vernerdan het-trik, «Leypsig»dan 5:0 hisobli g‘alaba

Bundesliga. Vernerdan het-trik, «Leypsig»dan 5:0 hisobli g‘alaba

Автор: admin

Germaniya Bundesligasi 27-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda «Mayns» o‘z maydonida «Leypsig» jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda Timo Verner het-trik qayd etgan bo‘lsa, Poulsen va Zabitserlarning gollari mehmonlarga yirik 5:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Mavsumdagi 15-g‘alabasidan keyin «Leypsig» turnir jadvalida ochkolari sonini 54taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. «Mayns» esa 27 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.
Bundesliga. 27-tur.
24 may (yakshanba)
Mayns – RB Leypsig 0:5
Gollar
: 0:1 – 11 Verner, 0:2 – 23 Poulsen, 0:3 – 36 Zabitser, 0:4 – 48 Verner, 0:5 – 75 Verner.
Mayns – Myuller, Sen-Jyust, Niakate, Bruma (Mateta, 46), Aaron Martin, Onisivo (Oztunali, 74), Baku, Kvayson, Fernandesh (Latsa, 74), Boetiyus (Avoniyi, 61), Kunde (Barreyro, 61).
RB Leypsig – Gulachi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano (Orban, 60), Kampl (Volf, 70), Olmo, Zabitser (Adams, 60), Nkunku (Lukman, 71), Laymer (Mukiyele, 42), Verner, Poulsen.



109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *