Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Iguainga transfer narxi belgiladi

«Yuventus» Iguainga transfer narxi belgiladi

Автор: admin

Turinning «Yuventus» klubi yozgi transfer oynasida argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguainni sotishga tayyor, deya xabar bermoqda TuttoJuve.
Manbaning yozishicha, «keksa sinoralar» hujum chizig‘idagi raqobatni yetarlicha kuchli deb hisoblab, Iguain bilan mavsum yakunida xayrlashishga qaror qilgan. Turinliklar 2021 yilda erkin agentga aylanadigan 33 yoshli hujumchiga 18 million funt transfer narxi belgilagan. 
Oldinroq, argentinalik forvardga sobiq jamoasi «River Pleyt» hamda Angliyaning «Nyukasl» va «Vulverhempton» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Iguain ushbu mavsumda A Seriya doirasida 22 o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.



95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *