Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Mayns» Verner borasida Kloppga hazil qildi

«Mayns» Verner borasida Kloppga hazil qildi

Автор: admin

«Mayns» klubi «tvitter»i Bundesliganing 27-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi bahsdagi yirik mag‘lubiyatga (0:5) hazil bilan javob qaytardi.
O‘yinda mehmonlar hujumchisi Timo Verner xet-trikka erishdi. E’tiborlisi, forvard birinchi davradagi bellashuvda ham «Mayns»ga 3ta to‘p kiritgandi. Mag‘lub jamoa «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppga murojaat qildi:
«Klopp, uni o‘z jamoangga qo‘shib olasanmi?», –  deb yoziladi klub «tvitter»ida.
Eslatib o‘tamiz, bungacha «Liverpul» Vernerga qiziqayotganligi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot o‘rnida, Klopp futbolchilik faoliyatini «Mayns»da o‘tkazgan va 2001 yildan 2008 yilgacha jamoa bosh murabbiyi ham bo‘lgan.


98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi