Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” futbolchilari La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, qancha mukofot puli olishi ma’lum bo‘ldi

“Real” futbolchilari La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqsa, qancha mukofot puli olishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida o‘yinchilar maoshning o‘n foizga qisqarishiga rozi bo‘lgandi. Biroq rahbariyat musobaqalardagi natija uchun taqdim etiladigan bonus pullarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmagan.
Shu tariqa “Real”ning har bir o‘yinchisi soliqlardan so‘ng La Liga g‘olibligi uchun 300 ming yevro va Chempionlar Ligasi bosh sovrini uchun 420 ming yevro miqdoridagi bonusga ega bo‘ladi. Mazkur bonuslar ko‘plab futbolchilarga maoshidagi yo‘qotishning o‘rnini to‘ldirishga xizmat qiladi.
“Real” La Liga 27-turidan so‘ng 56 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda ketmoqda va peshqadam “Barselona”dan 2 ochkoga ortda qolgan. Chempionlar Ligasining 1/8 finali dastlabki bahsida madridliklar o‘z uyida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan. Javob bahsi koronavirus sabab qoldirilgandi.
Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches La Liga mavsumi 8-iyundan davom ettirilishini ma’lum qilgandi.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *