Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Artetaga kerak bo‘lmagan futbolchiga "Milan" xaridor bo‘lmoqda

Artetaga kerak bo‘lmagan futbolchiga "Milan" xaridor bo‘lmoqda

Автор: admin

"Milan" klubi mavsumlar oralig‘ida "Arsenal" himoyachisi Ensli Meytlend-Naylsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
“Rossonerilar” 22 yoshli futbolchini Davide Kalabriyaga munosib raqobatchi bo‘la oladi deb hisoblashmoqda. O‘z navbatida "kanonirlar" ham uni qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, Meytlend-Nayls jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning rejalariga kirmaydi.
Meytlend-Nayls joriy mavsum "Arsenal" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.


61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *