Goal24.uz » Yevropa jamoalari » “Barsa” va “Yuve” 18 yoshli vunderkindlarni almashtirmoqda

“Barsa” va “Yuve” 18 yoshli vunderkindlarni almashtirmoqda

Автор: admin

Ispaniya va Italiyaning etakchi klublari o‘z tizimlarida tarbiyalanayotgan iste’dodli yosh futbolchilarni o‘zaro almashtirish tajribasini tez-tez qo‘llab turibdi.
Navbat 18 yoshli futbolchilarga etdi. Turinliklar “Barselona-B” jamoasida o‘ynayotgan himoyachi Ksave Mbuyambani o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Kataloniyaliklar esa bu futbolchining o‘rniga “Yuventus”ning yoshlar jamoasi vingeri Mamadu Seneni so‘ragan.
Bu almashinuv amalga oshishi haqiqatga ancha yaqin. Chunki yanvarda har ikki klub o‘zaro yosh futbolchilarni almashgandi. O‘shanda kataloniyaliklar 19 yoshli hujumchisi Markesni 21 yoshli yarim himoyachi Pereyraga alishtirgandi.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *