Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «MYU» «Yuventus» futbolchisi bilan muzokara o‘tkazdi

«MYU» «Yuventus» futbolchisi bilan muzokara o‘tkazdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi «Yuventus» yarimhimoyachisi Adriyen Raboga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi The Mirror.
Manbaning yozishicha, Manchester klubi rahbariyati fransiyalik 25 yoshli yarimhimoyachining «Old Trafford»ga kelishi uchun o‘zaro muzokara o‘tkazishga ulgurgan. Turinliklar ham Adriyen Rabo bilan xayrlashishga qarshi emas. Sababi yarimhimoyachining Sarri o‘yin uslubiga moslashishi qiyin kechmoqda.
«Yuventus» klubi fransiyalik yarimhimoyachisini 27 million funt evaziga transfer qilishga tayyor. Oldinroq, futbolchining agenti sanalmish onasi Veronika Rabo o‘g‘liga yetarlicha imkoniyat taqdim qilmagan bosh murabbiy Mauritsio Sarrini tanqid qilgan edi.


85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *