Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Super transfer. “Real” eshigingni och, De Bryuyne kelmoqda!

Super transfer. “Real” eshigingni och, De Bryuyne kelmoqda!

Автор: admin

“Manchester Siti” pleymeykeri  Kevin De Bryuyne mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini ma’lum qildi.
Zamonaviy futbolning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan futbolchi Madridga ko‘chib o‘tib, faoliyatini “Real”da davom ettirish istagini bildirgan. Albatta, Kevin darajasidagi futbolchining xohishini “Real” rahbariyati bee’tibor qoldirmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli belgiyalik futbolchi anchadan beri Zinedin Zidan qo‘l ostida futbol o‘ynashni orzu qiladi. Qolaversa, “Manchester Siti”ning ikki mavsum davomida Chempion ligasidan chetda qolishi ham Kevinning jamoadan ketish qaroriga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin madridliklar haqiqiy etakchiga muhtoj.
Joriy mavsumda APLda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli pas berdi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *