Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» Matondo bilan shartnoma imzolamoqchi

«Real» Matondo bilan shartnoma imzolamoqchi

Автор: admin

«Shalke» hujumchisi Rabbi Matondo Yevropa top-klublarining nazariga tushdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, ularning orasida «Real» va «Manchester Yunayted» klublari bor.
Madridliklar 19 yoshli futbolchini zimdan kuzatib bormoqda. «Real» skautlariga Matondoning tezkor ekani juda yoqyapti.
Bosh murabbiy Zinedin Zidan ham uelslik futbolchining transferini ma’qullagan. «Real» uni kelgusida jamoa yetakchilaridan biri bo‘lishiga umid qilmoqda.
Bu mavsumda futbolchi «Shalke» tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Uning transfer qiymati 8 mln yevroga baholanyapti.



67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *