Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ibrahimovich jarohat oldi va faoliyatini yakunlashi mumkin

Ibrahimovich jarohat oldi va faoliyatini yakunlashi mumkin

Автор: admin

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mashg‘ulot paytida jarohat oldi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchida mushak va axill paylari bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lgan.
Klub shifokorlarining dastlabki taxminiga ko‘ra, endi Zlatan bu mavsumda maydonga tusholmaydi. Yaqin orada u chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng, ahvoli haqida yakuniy xulosa chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2017 yilda tizzasidan og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Agar shu jarohati takrorlansa, 38 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashi ham mumkin.
Bu mavsumda futbolchi «Milan» tarkibida barcha musobaqalarda 8ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.


81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *